Availability: В наличии

Eljernonga atalgan gullar

SKU: 0fd1b82a99f9

46 800 UZS

ISBN: 978-9943-23-193-1
Автор книги: Daniel Kiz
Tili O’zbekcha
Muqova Qattiq
Тип: Kitob
Yozuvi Kirillcha
Betlar soni 260

Описание

Deniyel Kizning “Eljernonga atalgan gullar” asari AQSHda adabiyot bo‘yicha maktab dasturiga kiritilgan kitoblardan biridir. Asar 1966 yilning eng zo‘r romani deb topilgan, “Nebula” va «Hyugo» mukofotini olgan. Deniyel Kiz asarni 14 yil mobaynida hayotida ro‘y bergan voqealar bilan boyitib borgan. Asarning bir necha qismi aqli zaif inson tilidan so‘zlangan bo‘lib, tarjimon qahramon tilini boricha — imloviy va uslubiy jihatdan saqlashga harakat qilgan. Asar matnidagi ayrim g‘ayriodatiy, g‘alati jumlalar imloviy yoki uslubiy xatolar emas. Tarjimada ham muallifning ana shu uslubini imkon qadar saqlab qolishga harakat qilindi. Muallif haqida Deniyel Kiz (1927 — 2014) Nyu-Yorkning Bruklin shaharchasida tug‘ilgan. Bakalavr va magistrlik darajasini Bruklin kollejida olgan. U 8 ta asar yozgan. Ularning orasida 1966 yilda ilk bor nashr qilinib, 5 milliondan ortiq nusxada sotilgan “Eljernonga atalgan gullar” asari ham bor. Asar asosida suratga olingan “Charli” filmi esa Oskar mukofotiga loyiq topilgan. Deniyel Kiz, shuningdek, savdogar dengizchi, badiiy muharrir, maktabda o‘qituvchi hamda Ohayo universitetida professor bo‘lib ham ishlagan. 2000 yil Ohayo universitetida u «Xizmat ko‘rsatgan professor» unvoni bilan taqdirlangan. Muallifning qo‘lingizdagi ushbu asari Hyugo va Nebula mukofotlari bilan taqdirlangan va 2000 yil Amerika ilmiy-fantast va fantast yozuvchilari uni «Xizmat ko‘rsatgan muallif» deb e’tirog etgan. «Ishonarli, hayajonga soluvchi va yurakni larzaga keltiruvchi asar». – Nyu-York Tayms «Yurakni larzaga keltiruvchi mohirat asari… Jo‘shqin… Inkor qilib bo‘lmas qadar haqiqiy». — Baltimor San Charli Gordon o‘zining aqlli emasligini biladi. Yoshi 32 da, novvoyxonada pol artuvchi bo‘lib ishlaydi va arzimagan pul topadi. Haftada 3 marta oqshom payti aqliy rivojlanishdan ortda qolgan kattalar uchun ochilgan markazda dars oladi. Ammo endi bularning bari o‘zgarish bo‘sag‘asida turibdi. Shifokorlar nozik bir tajriba o‘tkazmoqchi. Ular Charlining miyasini operatsiya qilmoqchi. Ular operatsiya va maxsus dori Charlining intellektini oshirishiga umid qiladi, chunki bu tajriba laboratoriya sichqonchasi Eljernon bilan o‘tkazilganda ijobiy natija berdi. Shu asnoda Charli har kuni nima his qilayotganini kundalikka yozib boradi. Bu uning miyasi va hayotida sodir bo‘lgan hayratlanarli o‘zgarishlar bitilgan ta’sirli qaydlarga aylanadi. «Eljernonga atalgan gullar» dastlab hikoya tarzida nashr qilinadi, ammo tez orada ko‘pchilikning olqishiga sazovor bo‘ladi.

Детали

Автор: