Описание
Xolid ibn al-Valid roziyallohu anhuning shaxsi haqida ko‘plab turli xil va qarama-qarshi mulohazalar mavjud. Toki pokistonlik tadqiqotchi, tarixchi general-leytenant Ali Ibrohim Akramning asari chop etilmaguncha, uning qanday shaxs bo‘lgani haqida aniq bir batafsil tushunchaga ega bo‘lish imkonsiz edi. Nihoyat ushbu kitob ana shu tarqoq fikrlarning maʼlum nuqtada birlashib, aniq xulosa qilishga, qatʼiyatli, mard va yengilmas qo‘mondonning Islom dinini yoyishdagi xizmatlarini munosib baholashga yordam beradi. Asosiysi, mutolaa davomida Xolid ibn al-Valid shaxsiga berilgan • Payg‘ambarimizning (sollallohu alayhi vasallam) zamondoshi; • Umar ibn al-Hattobning bolalikdagi do‘sti; • Iroq va Suriyani fors va rimliklar ustidan fath qilgan qo‘mondon; • Xalifa Abu Bakr qiniga solishni istamagan qilich; • Umar ibn al-Hattob tomonidan chetlatilgan sobiq qo‘mondon; • Sayfulloh – Allohning qilichi kabi taʼriflarning qanchalik asosli ekaniga ishonch hosil qilamiz.