Availability: В наличии

Songul Unsal: Ko”p narsadan bexabar edim

SKU: 912e6d5a8045

38 400 UZS

Тип: Kitob
Язык O’zbekcha
Yozuv Kirillcha
Betlar soni 176
ISBN: 978-9943-7916-1-9

Описание

Qalbingiz haqiqatan qalbi bor insonga to‘qnashsin. Barcha qalbi borligiga daʼvo qilsa ham, o‘ylab ham o‘tirmay qalblarni parchalaydigan ko‘pgina inson topiladi. Hayot yo‘lingizda, yo‘lingiz yaralaringizni ardoqlaydiganlar bilan to‘qnashsin. Sizni siz ekanligingiz uchun sevadigan insonlarni seving. Sizni o‘zgartirishga harakat qilmagan insonlar uchun harakat qiling.

Doimo o‘zini haqli deb bilganlarga qarshi siz aslo haqli bo‘lib chiqmaysiz. Yo sizni o‘timishingizdan jarohatlaydilar yoki bitmagan yaralaringizdan… Qalblarida yashiringan ayyorlik sirtlariga chiqadi.

Siz, kulishida gullar ochiladigan insonni seving. Qiyin bo‘lsada, chiroyli bo‘lsin deb turib olib, sizni haqoratlagan insonlar bilan vaqtingizni o‘tkazmang. Buning ismi sevgi emas, buning ismi o‘ziga bo‘lgan qadrsizlik. Siz o‘zingizni qadrlamayotgan bir paytda boshqa birov sizni qanday qilib qadrlasin?

Hammasi yaxshi bo‘ladi. Balki yana ozgina joningiz azob chekadi lekin bir muddatdan keyin bekorga qayg‘urgan ekanman deysiz. Hayot sizni kutilmagan vaqtda gullatadi. Shu onda to‘kayotgan har bir ko‘z yoshingiz, ko‘ngil tuproqlaringizdagi urug‘ga yomg‘ir bo‘ladi.