Availability: В наличии

Surgundagi sarguzashtlar

SKU: 30b1cfe4fa3f

46 800 UZS

ISBN: 9789943209718
Автор книги: Komil Sindarov
Betlar soni 353
Chop etilgan yili 2022
Yozuvi Kirill
Tili O’zbekcha
Издательство: Yangi asr avlodi
Muqova Qattiq

Описание

Komil Sindarovning «Oʻzbek detektivi» seriyasidagi kitoblari bugun oʻz oʻquvchisiga ega turkum asarlar sirasiga kirib ulgurdi. Yozuvchining soha vakili ekanligi aksariyat kitobxonlarga ayon, bilmaganlar esa asar mutolaasidayoq muallifning sohani yaxshi bilishini anglaydi. Bu jihatni taʼkidlashimizning sababi – aynan shu nuqta muallif asarlarining muvaffaqiyat garovidir. Yozuvchi qalamga olgan jinoyat turi davr uchun ahamiyatsiz mavzu emas, ikkinchidan, ijtimoiy vokelik qayta takrorlanmasligi uchun mohiyatni oshkor qilish va uni bor asrori bilan koʻrsatish, soʻzsiz, qoʻl siltab qoʻyadigan mavzu emas. Navbatdagi mazkur oʻninchi kitobda ham muallif avvalgi qahramonlar ishtirokini taʼminlagan. Farqi jinoyat turining boshqaligi, rakurs oʻzgarganligi, yozuvchining xulosasi. Ish jarayonlari sabab tergovchi «surgun»ga uchraydi. Ammo malakali xodim ish ham, joy ham tanlamaydi. «Surgun»da roʻbaroʻ boʻlgan Murakkabliklarga oʻz salohiyatiyu sinchkovligi bilan yechim topadi. «Fosh etilmaydigan jinoyat boʻlmaydi, chunki jinoyatchi har qancha ustomon boʻlsa-da, albatta, bitta xato qiladi va iz qoldiradi» tergovchi Rahmonovning kasbiy shiori qanchalik haq va hayotiy ekanligini mutolaa yakunida bilib olasiz. Darvoqe, «Tergovchi» degan umumiy nom ostida nashrga tayyorlangan mazkur detektiv seriya yozuvchi ijodining oʻnta kitobini oʻz ichiga oladi.

Детали

Автор: