Описание
«Men odam emasman, men dinamitman», deyishni xush ko‘ruvchi nemis faylasufi Fridrix Nitshening barcha yozganlari, barcha hikmatlari tom maʼnoda dinamit xususiyatiga ega. Taʼriflanganidek, bu dinamit fikrlar shiddat bilan portlab, yana o‘z ichidan go‘zal va harakatchan — inkor qiluvchi va tasdiqlovchi fikrlarni yaratadi. Nitshe falsafasining markazida inson turadi. Bu — axloq falsafasi degani. Nitshe bu borada ilgarilab ketadi: illatlarni fazilat tarzida, fazilatlarni illat tarzida taqdim qiladi. Chunki uning nazdida inson shu darajada “axloqiylashib” ketganki, u ezguliksiz yashay olmaydi. Ammo gap shundaki, inson ezgulikni ko‘proq niqob sifatida ishlatadi, natijada hamma yoqni soxta ezgulik, soxta fazilat bosib ketgan, inson rosmana qadam tashlab yashashi uchun joy yo‘q. Kishilarning o‘zligini namoyon qila olmaganidan, chekiga tushgan vazifani bajarmaganidan, ko‘tarilishi mumkin bo‘lgan yuksaklikka ko‘tarilmaganidan – maydalashib ketgan buyuklikdan g‘azablanadi, alam bilan, jahl bilan fikrlaydi.